К основному контенту

Dunyoning eng xavfli xakeri.


 



Dunyoning eng xavfli xakeri. Yadro urushini boshlashi mumkin bo‘lgan Kevin Mitnik haqida

Kompyuter dunyosida xakerlik kasbi juda mashhur. Ma’lumki, xaker – internet saytlari va serverlari qaroqchisi. Xaker o‘zi aslida kuchli kompyuter mutaxassisi bo‘lib, mahoratini turli xil, asosan jinoiy maqsadlarda ishlatadi.

Inglizcha jargondagi hack so‘zi “sindirish, uzib yuborish” degan ma’no anglatadi. Haqiqiy kompyuter o‘g‘rilari va bezorilari aynan shunday ish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda xakerlarning butun boshli xalqaro uyushmalari mavjud. Kuni kecha Andijon viloyati matbuot kotibining yozishmalari tarqab ketishiga ham xakerlar sabab qilindi. Ammo haqiqiy xakerlar bunday mayda ishlar bilan shug‘ullanmaydi.

Bundan rosa 25 yil muqaddam xakerlar ichida eng birinchi va taniqlisi, amerikalik Kevin Mitnik hibsga olingan. Shu voqeadan so‘ng ilk xakerning shaxsiyati ochilgan, xakerlik esa trend sohaga aylanib qolgan.

Jiddiy ishlar

16 yoshida Mitnik maktab kompyuter tarmog‘iga xakerlik hujumini amalga oshirdi. Bu unga maktabdagi baholarini tuzatish imkoniyatini berdi. Keyin u Digital Equipment Corporation tarmog‘iga hujum qilib, u yerda joylashgan dasturiy ta’minotni o‘g‘irladi.

Kevin Mitnik Janubiy Kaliforniya universitetiga o‘qishga kirib, qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. U oddiy kompyuterdan internetning avvalgi avlodi bo‘lgan Arpanet global tarmog‘iga kirdi, Los-Anjeles universitetidagi kompyuter orqali esa AQSh mudofaa vazirligining serverlariga yetib bordi. Bu ish fosh qilindi va yosh kiberjinoyatchi tezda topilib, hibsga olindi. Qilmishlari uchun Kevin Mitnik olti oyga yosh huquqbuzarlar axloq tuzatish markaziga yuborildi va universitetdan haydaldi..............................................



To‘g‘ri yo‘lga qaytish

1996-yilda Kaliforniya markaziy okrug sudi Kevin Mitnikni olti yarim yillik qamoq jazosiga hukm etdi. Sudlanuvchi firibgarlikda, maxfiy ma’lumotlarga ruxsatsiz kirishda, telefon orqali suhbatlar va elektron pochtalarni noqonuniy ushlab olishda, davlat kompyuter tizimlarini buzishda va hujjatlarni qalbakilashtirishda aybdor deb topildi.

Kevin Mitnik qamoqdan chiqqanidan so‘ng xakerlik yutuqlari haqida bir nechta kitob yozdi. Keyin u o‘z IT-kompaniyasini tashkil qildi va hozirda kompyuter xavfsizligi bo‘yicha dunyoning eng yirik kompaniyalariga maslahatlar beradi.


SIZ HACKERLARDAN QORQASIZMI ???

JAVOBLARNI KAMENTARIYADA KUTIB QOLAMAN ???

Комментарии

Отправить комментарий

Популярные сообщения